Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi

Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi

Joriy yilning 7-oktabr kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tomonidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Mazkur o‘rganish viloyat va tuman Kengashlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, kotibiyat faoliyatini muvofiqlashtirish, ish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, kotibiyat tomonidan yuritilayotgan hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, ish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, kotibiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1