Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida “Gulbog‘” mahallasi aholisiga O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bandixon tumanida fuqarolarning ko‘chmas mulk va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy e’tirof etishga qaratilgan O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tumanining “Gulbog‘” mahalla tashkil etilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i V.Nazarov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonunning asosiy normalari, yer va binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish shartlari, murojaat qilish tartibi hamda bu borada yaratilgan qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berdilar. 

Muloqot yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, yer va mulk masalalarini qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi.

Slide 1 of 1