Qabul davomida fuqarolar uy-joy kadastri, ijtimoiy yordam, shuningdek, vasiylik va homiylikning huquqiy masalalariga oid murojaatlar bilan chiqishdi. 📄
Murojaatlarning ayrimlari joyida o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va muammolarini ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.