Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Raxmonov deputat D.Ummatov bilan birgalikda Pastki So‘loqli mahallasida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.
O‘rganishlar davomida mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinmoqda, ularning murojaatlari tinglanib, kundalik hayotida qiyinchilik tug‘dirayotgan dolzarb masalalar aniqlanmoqda.
Bildirilgan murojaatlarning har biri alohida nazoratga olinib, mavjud muammolarni tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanmoqda.

Slide 1 of 1