SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan “Mustaqillik” va “Yangi hayot” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi.