“Yangi makon” OFY hududidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY hududidagi ichki ko‘chalarning avvalgi va bugungi kundagi holatini o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida ko‘chalarning mavjud holati, obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirilib, hududda amalga oshirilgan ishlar hamda yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilindi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildiriladi.