Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Kunlik_ish_reja #Fuqoro _murojaati 🔥 YONG‘IN XAVFSIZLIGI — OLDINI OLISH MAQSADIDA O'RGANISH OLIB BORILDI.

#Kunlik_ish_reja
#Fuqoro _murojaati

🔥 YONG‘IN XAVFSIZLIGI — OLDINI OLISH MAQSADIDA O'RGANISH OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan hududdagi yong‘in xavfsizligini ta’minlash, elektr energiyasidan foydalanishdagi texnik nosozliklarning oldini olish hamda fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

O‘rganish davomida elektr tarmoqlari va jihozlarining texnik holati, elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish talablari hamda yong‘in kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan choralar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli takliflar bildirildi.

Asosiy maqsad — fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga ko‘maklashish.