Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Kunlik_ish_reja #Haftalik _ish reja #Fuqarolar_qabuli #Murojaat Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 9-Ulug‘bek saylov okrugi deputati Sultonova O‘giloy tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

#Kunlik_ish_reja
#Haftalik _ish reja
#Fuqarolar_qabuli
#Murojaat

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 9-Ulug‘bek saylov okrugi deputati Sultonova O‘giloy tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, ichki yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaatning mazmun-mohiyati o‘rganilib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va murojaatlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1