Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Deputat_mahallada

✅Xalq deputatlari tuman Kengashi 20-okrug deputati F.Zokirov “Baliqchi” mahallasida bo‘lib, hududda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rgandi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, daromadi past oilalar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda har bir oilaning muammosiga individual yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6