Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Yo‘l ta’miri bo‘yicha murojaat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Oyboshi qabristonining kirish qismidagi yo‘lni ta’mirlash yuzasidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qabristonning kirish qismidagi yo‘l qoplamasining holati ko‘zdan kechirilib, mazkur hududda asfalt qoplamasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish, yo‘l qoplamasini ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli amaliy choralarni belgilash maqsadida mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan masalani muhokama qilishga kelishib olindi.

Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalaning belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3