Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Deputat_mahallada

🔰Tuman Kengashi 8-okrugi deputati N. Muxiddinova tomonidan “Eski qal’a” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔰O‘rganish jarayonida mahalla raisi N. Axmedova hamda xotin-qizlar faoli S. Yunusovalar bilan birgalikda hududdagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini aniqlash va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔰Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda xotin-qizlarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3