#Ish_reja_ijrosi
#Kangash_raisi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengash raisi Qo'zimurotov Abdusalom Javliyevich o'ziga qarashli 24-Karvon saylov okrugida “Karvon” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari,hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-280 targʻiboti fuqorolarga
tushuntirib o'tildi.