Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

To‘qsonbosti ekinlari: hosildorlik va daromad uchun yangi imkoniyat

#162_ta_qonun_ijrosi
#Deputat_nazorati
#aholi_bandligi_va_daromadini_oshirish

❗️To‘qsonbosti ekinlari: hosildorlik va daromad uchun yangi imkoniyat

Paxtakor tumanida dala chetlaridagi bo‘sh yerlardan samarali foydalanish hamda to‘qsonbosti ekinlarini ekishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati A.Eshmatov, tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida fermer va tomorqa yer egalari uchun sarimsoq, piyoz hamda boshqa to‘qsonbosti ekinlarini ekish, urug‘lik tanlash, yerga ishlov berish, sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🌾 Seminarda mavjud yer imkoniyatlaridan unumli foydalanish, qo‘shimcha hosil yetishtirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5