Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

“Ma’rifat” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

“Ma’rifat” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda shahar Kengashining bosh mutaxassisi 

A. Nurmatov tomonidan “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish hamda oilalarning daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “mahallabay” ishlash tizimi asosida xonadonlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi daromadlarini oshirish hamda mahallada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati tartibida muntazam o‘rganib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4