📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulovga «Parvoz» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan qurib qolgan va avariya holatidagi daraxtlar yuzasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda ushbu daraxtlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ruxsatnoma mavjud bo‘lishiga qaramay, hududni xavfsiz holatga keltirish ishlari amalga oshirilmayotgani bildirilgan.
📝 Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan Yashnobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Yashnobod tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.
✅ So‘rovda «Parvoz» mahallasidagi avariya holatidagi daraxtlarni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotni aniqlash, ishlarni amalga oshirish tartibiga aniqlik kiritish hamda aholi hayoti va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.