Jańalıqlar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, murojaatlar o‘rganilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida aholi tomonidan bildirilayotgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tuman Kengashi deputati M. Baratovaga Davlat MFY, Sutlibuloq qishlog‘idagi 10 ta xonadonda eskirib, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni yangilash yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar deputat tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni hal etish, aholi xonadonlarining elektr ta’minoti xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Aholi murojaatlari — e’tiborda. Muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2