Jańalıqlar

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati G. Ro‘zmetova Honobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Yoqubova Sabohat Alisher qizining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning ijtimoiy muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimning axboroti tinglandi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1