Jańalıqlar

Yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri Ubaydullayev Nosir Qodirovich tomonidan yoshlar bilan profilaktik yo‘nalishda uchrashuv va suhbat o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy ongini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, ularni jamiyatda munosib o‘rin egallashga yo‘naltirish borasida tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3