Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov tomonidan hududda aholi bandligi va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xonadonlarda o‘rganish olib borildi.
🤝 O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va bandlik bilan bog‘liq masalalari atroflicha tinglandi. Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.
📌 Har bir xonadon — e’tibor markazida.
📈 Har bir murojaat — amaliy yechim sari qadam.
👨👩👧👦 Aholi bandligi va farovonligi — ustuvor maqsad!
Xalq bilan birga — muammolarga yechim, farovon hayot sari! 🌿