Jańalıqlar

🏥 Deputat — xalq xizmatida!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Yoshlik-2 mahallasida joylashgan Bekobod qishloq vrachlik punktida bo‘ldi.

O`rganish davomida aholi uchun o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, tibbiyot maskanida yaratilgan sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, xususan, isitish tizimining holati bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aholi salomatligini asrash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va muassasada qulay sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Sifatli tibbiy xizmat — inson salomatligi va farovonligining muhim kafolati!

Slide 1 of 6