Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z.Esirgapova Uyas mahallasida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandi.
🔹 Xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati;
🔹 ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
🤝 Har bir murojaat — e’tibor, har bir oila — himoyada!
Deputat tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan masalalarni qonuniy hal etish, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.