#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Sessiya_oldi_o'rganish
19¹-modda
🚶 Piyodalar uchun yaratilayotgan qulayliklar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Bog‘iobod” mahallasida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahallalarni barpo etish doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.
🏗 O‘rganish davomida mahallada yangidan barpo etilgan piyodalar yo‘lkachasi holati bilan tanishildi. Yo‘lkachaning qurilish sifati, piyodalar uchun qulayligi, hududning umumiy obodonlashtirish holati hamda xavfsiz harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, piyodalar yo‘lkachasining aholining kundalik qatnovidagi ahamiyati, undan foydalanish qulayligi va atrof hudud bilan uyg‘unligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
📌 Mas’ullarga yo‘lkachadan foydalanish uchun qulay sharoitlarni saqlash, hududni obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.