Jańalıqlar

🏠 Muammolar joyida o‘rganilmoqda — natija nazoratda!

Yoshlik-2” mahallasida Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B.Begmatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov tomonidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-27-31-10-135-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan I guruh nogironi Abdunabiyev Abdumalik Abduvaliyevich xonadonidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

🔹 Tom qismiga 80 dona shifer keltirilib, 71 donasi o‘rnatildi.
🔹 2 dona strapila, 27 dona reyka, 2 dona eshik va 6 dona deraza o‘rnatildi.
🔹 Fasad qismida pardozlash ishlari davom etmoqda.
🔹 Ichki yuvinish xonasini ta’mirlash ishlari hali boshlanmagan.
Aniqlangan masalalar nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

🤝 Maqsad — muammoni aniqlash emas, uning yechimini ta’minlash!

Slide 1 of 5