Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova hamda tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning kommunal soha, kadastr, ijtimoiy himoya, bolalar nafaqasi hamda boshqa masalalar yuzasidan bildirgan muammolari o‘rganildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosi Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi tomonidan nazoratga olindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!