Jańalıqlar

Kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadini oshirish va bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ham har bir oila bilan manzilli ishlash, fuqarolarning daromadini oshirish, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-“Nodira” saylov okrugidan saylangan deputat Alisher Karanov tomonidan saylov okrugidagi “Islomobod”mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida kambag‘al oilalar xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda mavjud imkoniyatlari o‘rganildi. Fuqarolar bilan suhbatlashib, oilalar daromadini oshirish va doimiy bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4