O‘rganishning asosiy mavzusi — bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini yuksaltirish hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘ldi.
Joyiga chiqib o‘rganish davomida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi.