Jańalıqlar

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Burchmullo” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi Z.Lukmanovaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirayotgan faoliyati, xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ishlash holati, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, turli to‘garak va tadbirlarga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shu maqsadda yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik va turli ijodiy yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish yakunida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda, ularning qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, sport va ta’limga qiziqishini oshirish, jamoat ishlarida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3