Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. “Adolat” mahallasi hududida joylashgan 302-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga kitoblar sovg‘a qildi.
📕Mazkur tashabbus yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.
⚖️O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ–280-son «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish va aholining, shu jumladan, yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📚Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni mutolaaga jalb etish va ta’lim muassasalarining kitob fondlarini boyitish ma’rifiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🤝Bunday ezgu tashabbuslar o‘quvchilarni kitob o‘qishga rag‘batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va kelajakda bilimli, ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!