Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🚧 Kanalizatsiya tarmog‘i qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari I. Qo‘chqorova va K. Xakimovalar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasidagi Intilish ko‘chasida joylashgan 1-sonli ko‘p qavatli uyga kanalizatsiya tarmog‘i qurish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish ishlari, kanalizatsiya tarmog‘ini tortish jarayoni hamda bajarilayotgan ishlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan texnik talablarga rioya qilish hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur tarmoqning barpo etilishi ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun qulay va zarur kommunal sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2