Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🏢 KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Turdiyev tomonidan sessiya oldi o‘rganishlari doirasida ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning tom qismi va isitish tizimlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, uylar atrofidagi hududlarning obodonlashtirilganlik holati ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
📋 Kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5