Tinchlik MFYdagi xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda yordamga ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
♻️Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, oilaviy va ijtimoiy masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!