Jańalıqlar

Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navbahor" mahallasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga oid qonunlar ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 6-“Navbahor” saylov okrugi deputati K.Amanqulovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Navbahor" mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar hamda deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi" doirasida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonunlari talablaridan kelib chiqqan holda tahlillar amalga oshirildi.

Tashrif davomida xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar bilan tizimli hamkorlikda manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar faolining faoliyat samaradorligini yanada oshirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda qonun hujjatlarining mahalladagi amaliy ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1