#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun
Uchtepa mahallasidagi bolalar futbol maydonining holati o‘rganildi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son Qonuni ijrosi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “13-Uchtepa” saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan Uchtepa mahallasi hududidagi mavjud sport maydonlarining holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
⚠️ O‘rganish davomida Uchtepa mahallasi hududida, Taqachi ko‘chasi 64-ko'p qavatli uy orqa tomonida joylashgan bolalar futbol maydonining holati qoniqarsiz ekanligi aniqlandi.
🕯 Xususan, sport maydonidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yetarli darajada emasligi, uning obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga ehtiyoji mavjudligi qayd etildi.
📝 Mazkur holat yuzasidan tegishli mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, futbol maydonini ta’mirlash va bolalar uchun xavfsiz hamda qulay sport sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.