QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumanda ekologiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori ijrosini o‘rganish ishlari boshlandi.
📌 Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — qarorda belgilangan vazifalarning tumanda amalda qay darajada bajarilayotganini aniqlash, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishdan iborat.
🔎 O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan:
▪️ atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
▪️ ekologik talablarga rioya etilishi;
▪️ chiqindilarni boshqarish va joylashtirish holati;
▪️ atmosfera havosi va suv resurslarini muhofaza qilish;
▪️ ekologik qonunchilik talablarining bajarilishi;