Jańalıqlar

MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
O.R. Kashkarov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Minor mahallasida joylashgan 9-sonli maktab atrofidagi hududning piyodalar xavfsizligi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab atrofida piyodalar yo‘lagining mavjud emasligi, avtomobillar harakatining gavjumligi hamda ushbu holat o‘quvchilar, ota-onalar va mahalla aholisi xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.

📩Aniqlangan muammolar yuzasidan deputat
O.R. Kashkarov tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝Deputatlik so‘rovida:

🔺9-sonli maktab atrofidagi piyodalar harakati va yo‘l xavfsizligi holatini atroflicha o‘rganish;

🔺Maktab bo‘ylab xavfsiz va qulay piyodalar yo‘lagini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;

🔺O‘quvchilar va mahalla aholisi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;

🔺Maktab atrofi hududida piyodalar harakatini xavfsiz tashkil etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish so‘raldi.

📐Shuningdek, mahalla fuqarosi J.M. Mahmudov tomonidan 9-sonli maktab atrofida xavfsiz va ixcham piyodalar yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha loyiha taklifi taqdim etilgani hamda loyiha chizmalari ishlab chiqilgani qayd etildi.

⚖️Qonunchilik asosida: Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 5 va 8-moddalari asosida yuborildi. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish yoki axborot berish talabi bilan deputatlik so‘rovi yuborish huquqiga ega.