Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati A.Saidaliyev tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
🤝O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ularning ish jarayonida duch kelayotgan muammolari, mavjud to‘siqlar hamda faoliyatini rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.
📚Qonunchilik asosida: O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni talablaridan kelib chiqib, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌Xususan, tadbirkorlarning murojaatlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
✅Deputatlik nazorati doirasida tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o‘rganish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.
🤝Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi hamkorlikdagi ishlar davom ettirilmoqda.