Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati N.Alimova tomonidan Xalq qabulxonasi faoliyati, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularni ko‘rib chiqish va amaliy hal etish jarayonlari o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy xizmatlar, qurilish hamda kommunal sohalarga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishlarda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
✅Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligi, ularning ijobiy hal etilishi va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam natijalari tahlil qilindi. Mavjud ko‘rsatkichlar murojaatlar bilan ishlash hamda ularni ijobiy hal etish borasidagi natijalar ijobiy ekanini, mazkur yo‘nalishdagi ishlar viloyat miqyosida ham namunali ko‘rsatkichlardan biri sifatida qayd etilayotganini ko‘rsatmoqda.
✅O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatlariga yanada e’tiborli yondashish, har bir murojaatni manzilli o‘rganish va uning qonuniy hamda amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.