Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Ko'chama -Ko'cha muammolar o'rganildi

Ko'chama -Ko'cha muammolar o'rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Ibrahimova mahalla hokim yordamchisi U.Matyakubov bilan birgalikda Dovud mahallasi Sharq gavhari ko‘chasi 49-uyda istiqomat qiluvchi Barno Qo‘chqarovaning xonadonida bo‘lib, oilaning turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va mavjud muammolarini yaqindan o‘rgandi.

Muloqot chog‘ida fuqaro oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va daromad manbaini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olish istagini bildirdi. O‘z navbatida, fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish hamda unga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozli kredit liniyalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.