Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva saylangan Nurafshon MFY hududidagi 25-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlari, sinfxonalar va boshqa zarur infratuzilmalarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavsumni betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda maktabni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida qayta nazorat o‘rganishlari olib borilishi ta’kidlandi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida saqlanib, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi va belgilangan ishlarning sifatli amalga oshirilishi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4