O‘rganish davomida “Qoraboğ Pahlavon Balig‘i” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan “Inflov” MChJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishildi
Mazkur tikuvchilik sexida asosan bolalar kiyimlari ishlab chiqarilib, 16 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.
O‘rganish jarayonida tikuvchilik sexi faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish masalalari doimiy e’tiborda.