Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati U. Haydarov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, profilaktik ishlarning samaradorligi, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish, muammoli oilalar va e’tiborga muhtoj fuqarolar bilan tizimli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mas’ullar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda hududda osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Tinchlik va osoyishtalik — jamiyat farovonligining muhim garovi. Shu bois mahallalarda profilaktik ishlarni izchil tashkil etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.