35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati O. Egamberdiyeva tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, maktabda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Uchrashuvda o‘quvchi-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud imkoniyatlar va ularni yanada kengaytirish bo‘yicha fikrlar o‘rganildi. Yoshlarning murojaatlari va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 Yoshlar — jamiyat taraqqiyotining muhim kuchi. Ularning fikrini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolariga amaliy yechim topish kelajak uchun muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 1