35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining qarori qabul qilindi

📌 Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining qarori qabul qilindi

Bugun, 2026-yil 21-sentabr kuni Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining VII-23-110-3-44-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori ijrosini tuman miqyosida ta'minlashga qaratilgan.
Qaror doirasida Baxmal tumanida:
🔹 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish;
🔹 Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirish;
🔹 Infratuzilma obyektlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinadi.
Tuman Kengashi deputatlari va mas'ul tashkilotlar hamkorligida mazkur qaror ijrosini so‘zsiz ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar boshlab yuborildi.