35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalla obodligi — umumiy sa’y-harakat samarasi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Milliy Tiklanish demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 12-«Barlos» saylov okrugi deputati O‘. Boyjanova hamda «Mahalla 17 ligi» vakillari tashabbusi bilan «Yorqin» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🚜 Tadbir davomida mahalla hududlari tartibga keltirilib, yo‘l yoqalari va jamoat joylari tozalandi, ariq-zovurlar chiqindilardan tozalandi, daraxtlarga agrotexnik parvarish ko‘rsatildi hamda atrof-muhitni yanada fayzli va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar bajarildi.
🤝 Mazkur xayrli tashabbus mahalla ahlining birdamligini mustahkamlash, obod va ekologik toza muhitni yaratish hamda Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish yo‘lidagi ezgu ishlarga munosib hissa bo‘ldi.

Slide 1 of 5