35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Obod mahalla — farovon turmush poydevori.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 9-«Mirobod» saylov okrugi deputati E. Narmatov hamda “Mahalla 17 ligi” vakillari tashabbusi bilan «Birlik» mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari tashkil etildi.
🧹 Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, jamoat joylari hamda ariq-zovurlar tozalanib, tartibga keltirildi. Daraxtlarga agrotexnik parvarish ko‘rsatilib, hududning ozodaligi va obodligini ta’minlashga qaratilgan qator amaliy ishlar bajarildi.
🤝 Mazkur ezgu tashabbus mahallada tozalik madaniyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 4