35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINIB, TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI

Masala yuzasidan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Mustafakulov Abdikadir Djuraxolovich tomonidan masala yuzasidan axborot berildi.

Muhokamalar davomida yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, norasmiy bandlikni qisqartirish, aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka tushib qolish xavfi mavjud oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilinib, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, norasmiy ish o‘rinlarini legallashtirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1