Yunusobod tumaniga biriktirilgan Milliy bank xodimlari hamda bank rahbarlari bilan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlikni bartaraf etish va bandlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi.
🤝 Unda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yu. ishtirok etib, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit va subsidiyalar ajratish masalalarini muhokama qildi.
📋 Shuningdek, aholining murojaatlarini o‘rganish, ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
⚖️ Muloqot davomida amaldagi qonunchilik talablari asosida aholiga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kredit va subsidiyalarni ajratishda manzillilik va ochiqlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Yakunda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!