35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YUNUSOBOD TUMANI: TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A. Saidaliyev ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

📌Uchrashuvda hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

💼Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.

📌Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✅Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish — hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3