35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLARDAN XABAR OLINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Azimova G. tomonidan “Hamkorobod” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolardan hol-ahvol so‘ralib, ularning yashash sharoitlari va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

🤝 Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, zarur xizmatlardan foydalanish va mavjud muammolarni hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori asosida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlari va ijtimoiy muhofaza choralari o‘rganilishi nazarda tutilgan.

👩‍💼 Deputat tomonidan aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1