35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#24_ta_masala #okrugda_organish #Deputat_faoliyati

#24_ta_masala
#okrugda_organish
#Deputat_faoliyati

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” Muqobil energiya manbalarini joriy etish va obyektlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputat Qodirov Rasul Saydullayevich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ihtirokida hududda yashil energiya manbalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida o‘rnatilgan quyosh panellari hamda uskunalar va invertor qurilmalarining texnik holati, ularning uzluksiz va samarali ishlashi ko‘zdan kechirildi.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda energiya tejamkorligini oshirish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish va sohadagi mavjud masalalarni joyida hal etishdan iborat.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5